• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“SPORT – SOG'LIK GAROVI”

Xodimlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, salomatligini mustahkamlash, ma'naviy sog'lom, jismonan etuk etib tarbiyalash, kamxarakatlik tufayli yuzaga keluvchi turli kasalliklardan o'zini saqlashiga ko'maklashish hamda jismoniy tarbiya va sportni kundalik turmush tarziga aylantirish kasaba uyushmalarining asosiy vazifalaridan biridir.

Ushbu maqsadda, 2020 yil 4-10 dekabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professor-o'qituvchi va ishchi xodimlari o'rtasida stol tennisi va shaxmat bo'yicha sport musobaqalari tashkil qilindi.

Musobaqada 30 dan ortiq professor-o'qituvchi va ishchi xodimlar ishtirok etishdi. Turnir davomida barcha hodimlar yuqori saviyali tayyorgarliklarini namoyish etdilar. Musoboqalar shaxsiy birinchilikda o'tkazilib, natijalarga ko'ra o'rinlar aniqlanib sovrindorlar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.