• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Handong global universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 19-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktorining birinchi o‘rinbosari Bobur Abdinazarov Handong global universiteti xalqaro taraqqiyot hamkorlik instituti direktori Doktor Jinvon An boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda, Handong global universiteti professori Da yon Cho, Kubong Cho hamda Adju universiteti professori Suduk Kim va  Ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Borixon G‘anixodjayev, Korporativ boshqaruv nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri-professor Dilmurod Suyunovlar ishtorok etdilar.

Uchrashuv davomida, tamonlar Respublikamizdagi barqaror rivojlanish, hamda “Yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga va ilmiy ishlanmalar sohasidagi hamkorlikga qaratildan loyihalar yuzasidan suhbat olib bo‘rildi.

Shu bilan birga, professor-o‘qituvchilarni tadqiqot loyihalariga biriktirish, “Yashil” iqtisodiyot bo‘yicha magistrlik dasturlari (IT, moliya, MBA va PM) bo‘yicha ilmiy ishlarni ishlab chiqish uchun grantlarni jalb qilish va professorlarning malaka oshirishirishiga oid bo‘lgan masalalar uchrashuv davomida muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida, ikki davlat o‘rtasida, talabalalar almashuv loyihasiga katta urg‘u berib imkoniyatlarni kuchaytirish belgilandi. Akademik ko‘rsatkichlar va oliy ta’lim ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun “KOICA” orqali grant mablag‘larini jalb qilishga qaratilgan mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida, tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, kengaytirish hamda kelgusida kattaroq masshtabga ega bo‘lgan konferensiya tashkil etish rejalashtirildi.

 

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi