• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy ta‘lim muassasalarida innovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi

2024-yil 23-aprel kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) Koreya Startap va tadbirkorlikni rivojlantirish instituti (KISED) va Soonchunhyang universitetining yetakchi mutaxassislari bilan hamkorlikda Universitetlarda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda Koreya tajribasi mavzusida navbatdagi amaliy seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Koreya Startap va tadbirkorlikni rivojlantirish instituti (KISED) professori Sung Hyun Cho va Soonchunhyang Universiteti professori Suh Chang-Soo taqdimot bilan ishtirok etdilar.

Shu bilan birga, respublikamizning 20 yaqin vazirlik va idoralari hamda oliy ta’lim muassasalarining 30 nafar mas’ul xodimlari qatnashdilar.

Ushbu seminardan maqsad oliy ta’lim muassasalaridagi texnologiyalar transferi markazi, innovatsion klaster, innovatsiya markazi, startap akselerator, inkubatorlarda xorijiy tajribani o‘rgangan holda universitetlarda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion kompaniyalarni tashkil etilishida ko‘maklashishga qaratilgan.

Bugungi kunda oliy ta’lim institutlari va talabalarning innovatsion tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi xorijiy davlatlarda, xususan Koreya Respublikasida ham keng tatbiq etilgan amaliyotlardan hisoblanadi. Shuningdek, asosiy e’tibor oliy ta’lim muassasalaridagi talaba va yosh olimlar tomonidan olib borilayotgan loyihalarga qaratilmoqda. Universitet tomonidan yaratilayotgan texnologiya va innovatsiyalarni iqtisodiy rivojlanishda hissasi yuqori. Innovatsion kichik va o‘rta biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yish shular jumlasidandir. 

Seminarda professor Sung Hyun Cho Koreyaning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tajribasi startap madaniyatini shakllantirish va yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda universitetlar va ta’lim muassasalarining ahamiyati to'g‘risida alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shuning Koreyadagi startap ekotizimida universitetlarning roli va muvaffaqiyat tarixi muhokama qilindi, unda universitetlarning Koreyaning startap sohasiga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvi hamda ularning mamlakat iqtisodiy o‘sishiga ta’siri yoritib berildi.

Xorijiy mutaxassis o‘z taqdimotida Koreya universitetlarida startapni qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish haqida gapirib, Koreya universitetlarida muvaffaqiyatli startapni qo‘llab-quvvatlash tizimi tajribasini taqdim etib, ushbu tajribani boshqa mamlakatlarda ham qo‘llash imkoni haqida gapirdi. 

Tadbir davomida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabidagi Biznes inkubator va startap loyihalar bilan ishlash markazi mas’ul xodimlari tomonidan “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida startaplarni rivojlantirish tajribasi” mavzusida taqdimot o‘tkazildi

Bunda O‘zbekistonda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud qonunchilik ham universitetlarda startap tashabbuslarini amalga oshirishda mavjud imkoniyatlarga to‘xtab o‘tildi.

Shu bilan birga oliy ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish, xususiy sektor vakillarini startap loyihalarini moliyalashtirishga jalb etish hamda startap tashabbuskorlari va ekotizim ishtirokchilari o‘rtasida platforma tashkil etish kabi istiqbolli takliflar taqdim etildi.

Tadbir yakunida seminar ishtirokchilari Koreyalik mutaxassislar bilan fikr va tajriba almashdilar hamda startap-loyihalarni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.