• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“Qonunchilikni isloh qilishda olimlar va mutaxassislarning roli: Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi ilmiy munozara o‘tkazildi

2023-yil 17-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va Toshkent davlat yuridik universiteti Yosh olimlar kengashi tomonidan “Qonunchilikni isloh qilishda olimlar va mutaxassislarning roli: Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida ilmiy munozara bo‘lib o‘tdi.

Oliy maktab hamda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan o‘tkazilgan ushbu munozarada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, viloyat va tuman hokimliklari, Savdo-sanoat palatasi, banklar hamda Olmaliq KMK AJ vakillari ishtirok etishdi.

Ilmiy munozarani tashkil qilishdan asosiy maqsad ilmiy va innovatsion faoliyat bilan band bo‘lgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda nufuzli oliy o‘quv yurtlarida ilmiy salohiyatni yanada oshirish hisoblanadi.

Tadbirda qatnashchilar tomonidan bugungi kunda dolzarb hisoblangan davlat xizmatlari, mehnat munosabatlarining transformatsiyasi, inson resurslaridan samarali foydalanish, davlat boshqaruv organlari faoliyatini raqamlashtirish va integratsiya qilishdagi muammolar va ularni yechimi bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.

Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi iqtidorli yoshlarning mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotidagi hissalarini yanada oshirishga xizmat qiladi.