• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Qimmatli qog‘ozlar depozitariysining o‘rni va uning faoliyatini tashkil etish mavzusidagi mahorat darsi

Oliy maktabning kunduzgi bo‘lim MBA-global menejment birinchi va ikkinchi kurs magistratura mutaxassisligi tinglovchilari!

Sizlarni, Qimmatli qog‘ozlar depozitariysining o‘rni va uning faoliyatini tashkil etish mavzusidagi mahorat darsiga taklif etamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-apreldagi «Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-108-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida tayyorlanayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbar kadrlarining zamonaviy iqtisodiy bilimlarini oshirish uchun seminar-treninglar va mahorat darslarini tashkil etish, ijrosini ta'minlash maqsadida mahoratli dars tashkil qilinmoqda.

-Ushbu amaliy seminarda Korporativ boshqaruv fanidan tinglovchilarning olgan nazariy bilimlari amaliy jihatdan mustahkamlanadi.
-Qimmatli qog‘ozlarning joylashishi, saqlanishi, aksiyadorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va aksiyalarning harakatlari, birjalar faoliyatidagi roli va boshqa savollarga amaliy javoblar olinishi bilan tinglovchilarning amaliy bilimlari yanada mustahkamlanadi. Bu esa mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar bozorining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.

Sanasi: 2024–yil, 25–aprel

Vaqti: 11:00

Manzil: Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi aksiyadorlik jamiyati binosi