• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusida yosh tadbirkorlar uchun mahorat darsi tashkil etildi

2023-yil 24-noyabr kuni IT Park va Birlashgan millatlar tashkiloti taraqqiyot dasturining “Raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” qo‘shma hamkorlik loyihasi doirasida yosh tadbirkorlar, startap tashabbuskorlari, axborot-texnologiyalari sohasida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagidagi 50 dan ortiq yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi vakillari ham ishtirok etib, ular tomonidan “Tadbirkorlik va startaplarda risklarni boshqarish” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Bunda o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lganlar, startaplar va innovatsion va an’anaviy tadbirkorlikda faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun biznes faoliyati davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarni oldini olishi, uni boshqarish bo‘yicha xalqaro tajriba asosida taqdimot o‘tkazildi.

Ushbu mahorat darsi yoshlarda raqobatbardoshlikni, inqirozlarga chidamlilik, ularni boshqarish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishda xizmat qiladi hamda shu tariqa innovatsion va barqaror iqtisodiy o‘sishni va ish o‘rinlarini yaratishni ta’minlaydi.