• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Qozogʻistonning “AlmaU” rektori bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

2021 yil 21 may kuni, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida (keyingi o'rinlarda–Oliy maktab) Qozogʻistonning “AlmaU” Olmaota menejment universiteti rektori - Yerbol Suleymenov bilan ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Muzokaralar davomida tomonlar ikki ta'lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirish istiqbollari bilan bog'liq masalalar bo’yicha muhokama olib borishdi.

Xususan, Oliy maktab va “AlmaU” o'rtasida “Ikki diplom” (double degree) qo'shma dasturlari, magistratura va doktorantura qo'shma loyihalarini, ikki ta’lim muassasalari o'rtasida tinglovchilar, xodimlar va professor-o'qituvchilar bilan o’zaro almashuv dasturlarini ishlab chiqish, malaka oshirish bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish va boshqa masalalar bo’yicha keng muhokama qilindi.

Yuqorida keltirib o'tilgan masalalar asosida, belgilangan maqsadlarni amalga oshirish bo'yicha Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari bilan navbatdagi chora-tadbirlar, rejalar va qilinadigan ishlar belgilab olindi, hamda ikki tashkilot o’rtasida o'zaro anglashuv memorandumini tuzish va ilgari surilgan barcha takliflarni qo'llab-quvvatlab, kelajakda samarali hamkorlik qilish umidi bildirildi.