• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Qoraqalpog'iston Respublikasi: xotin-qizlar va yoshlar 28 ta yo'nalish bo'yicha o'qitilmoqda

Ayni vaqtda shiddat bilan kechayotgan yangilanish jarayonlari yoshlar, xotin-qizlar va aholining turli qatlamlari bilim va ko'nikmalarini islohotlarga moslashtirish, ularning professional rivojlanishiga yangicha yondashishni talab etmoqda. Ularda tadbirkorlik va biznes ko'nikmalarini shakllantirish, kasbiy malakasini oshirish orqali iqtisodiy o'sishni ta'minlash eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Mamlakatimiz rahbarining 2020 yil 11 avgust  PQ-4804 sonli “Kambag'al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o'qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilingan hamda, 2021 yil 27 yanvar kuni Prezidentimiz rahbarligida o'tkazilgan “Yoshlar bandligini ta'minlash va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi kengaytirilgan tarzda videoselektor yig'ilishi o'tkazilgan.

Ushbu maqsadda, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining hududiy filiallari tomonidan asosiy aholi, yoshlar, xotin-qizlarni kichik biznes va tadbirkorlikka o'qitish, yangi ish o'rinlarini yaratish, kambag'allikni kamaytirish, viloyatlarni moliyaviy-iqtisodiy o'sishi, biznes va tadbirkorlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlarni sonini ko'paytirishdan bo'ycha keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.

2021 yil 15 fevraldan boshlab Oliy maktabning Qoraqalpog'iston hududiy filialida ham hotin-qizlar va yoshlar uchun 28-ta yo'nalish bo'yicha qisqa muddatli o'quv kurslari tashkil qilindi. O'quv kurslarida “Ayollar daftari”da ro'yxatda turuvchi, ish qidirayotgan yoki ishsiz sifatida ro'yxatga olingan, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi xotin-qizlar va tadbirkor ayollar faol qatnashishmoqda.

O'tkazilayotgan ushbu o'quv kurslari mutlaqo bepul ravishda amalga oshirilmoqda. Unda va o'z tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish arafasida yurgan va tadbirkorlik foaliyati bilan shug'ullanib kelayotgan hotin-qizlarga biznes rejani ishlab chiqish, davlat reyestridan o'tkazish, bankda o'z hisobvaraqalrini ochish, subsidiya, kredit olish shartlari va tartibi hamda tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlar bo'yicha atroflicha ma'lumot berilmoqda.

Ma'lumot o'rnida aytish joizki, Respublika bo'ylab 2021 yil 30 mart holatiga  ko'ra tashkil etilgan o'quv kurslarida 1300 nafardan ziyod aholi, yoshlar va xotin-qizlar bepul o'qitilib, ularning barchasiga sertifikatlar topshirilgan. E'tiborlisi, o'quv kurslarida qatnashganlardan 70% dan ortig'i o'z tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish arafasida, qolganlari esa o'z faoliyatini kengaytirish bo'yicha ishlar amalarga oshirishmoqda. 

E'tiborlisi, ushbu kurslar orqali respublikamizning barcha hududlarini qamrab olgan holda, 2021 yilda Oliy maktab tomonidan 43120 nafar, 2022 yilda 100 000 nafar, 2023 yilda 200 000 nafar aholini tadbirkorlikka o'qitish rejalashtirilgan. Mazkur rejani amalga oshirish borasida Oliy maktab respublikamizning yetakchi vazirlik va idoralari bilan samarali hamqorlikni yo'lga qo'ygan.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, direktorning hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari – Sh.N. Isakulov boshchiligidagi ishchi guruh ham Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy filiallariga tashrif buyurib, o'quv kurslari bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, jarayonlar va rejalari bilan tanishib chiqdi. Kurs tinglovchilariga Oliy maktab va uning hududiy filiallari faoliyati haqida atroflicha ma'lumot berildi.

Tashrif davomida Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri - N.U. Yerlepesov bilan ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda, hududdagi aholi qatlamlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi xotin-qizlar, tadbirkor ayollar, ish qidirayotgan yoki ishsiz sifatida ro'yxatga olingan fuqarolarni malakasi, bilim va ko'nikmalarini oshirish, yangi ish o'rinlarini yaratish, kambag'allikni kamaytirish, viloyatlarni moliyaviy-iqtisodiy o'sishi masalalari bo'yicha o'zaro fikrlar almashildi.

O'quv kurslari tasdiqlangan kun tartibi va dars jadvali asosida tashkillangan bo'lib, ayni jarayonda xotin-qizlarning kasbiy va intellektual salohiyatini yanada oshirish, bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash, tadbirkorlikni va davomida duch kelish mumkin bo'lgan muammoli vaziyatlarni bartaraf etishdagi ahamiyatli jihatlar yuzasidan tajriba almashadilar.

Unda samarali ish ko'rsatayotgan tadbirkorlik sub'ektlarining biznesni tashkil etish hamda rivojlantirish bo'yicha tajribasi haqida mahorat saboqlari xam o'tkazib kelinmoqda. Hududda yuqori natijalarni ko'rsatayotgant korxonalarga tashrif buyurib, amaliyot bilan bevosita tanishish ham amalga oshirilib kelinmoqda.

O'quv dasturidagi barcha mavzu doirasida tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarga yechim topishida ham tegishli ko'rsatmalar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bo'yicha amalga oshirilayotgan so'ngi islohotlar, sohani yanada rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan qaror va farmonlar, ularning mazmun-mohiyati bo'yicha ham tushuntirishlar berilyapti.

         Har bir o'quv kursi yuqori sifatini ta'minlash maqsadida:

  • tadbirkorlikka oid nazariy bilimlarni ma'ruza shaklida berish;
  • tinglovchilarda tadbirkorlik bo'yicha aniq tasavvur paydo qilish uchun mahorat darslari (master-klass)ni o'tish;
  • tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish uchun muvaffaqiyatli tadbirkorlar faoliyati bilan joylarga chiqib tanishtirish,
  • o'zi tanlagan sohada tadbirkorlikni amalga oshirish uchunt biznes reja tuzish va uning taqdimotini o'tkazish;
  • shakllangan bilim va ko'nikmalarni xolis baholash uchun test tiziminei joriy qilish;
  • 70 baldan yuqori baho olgan tinglovchilarga sertifikat taqdim etish.

O'quv kurslari yakunida tinglovchilar tanlagan faoliyat yo'nalishlariga qarab biznes-reja tuzadilar va test topshiradilar. Biznes-rejani muvaffaqiyatli himoya qilgan va testlardan o'tgan tinglovchilarga kurs yakuni bo'yicha sertifikatlar topshiriladi.

O'quv jarayoni sifatini ta'minlash maqsadida o'quv kurslarini so'nggi kuni tinglovchilar orasida qayta aloqa o'rnatish uchun anonim so'rovnoma o'tkaziladi. So'rovnoma natijalariga ko'ra, o'quv kurslarini tashkillashtirishdagi muammolar hal etiladi va o'quv jarayonining sifati muntazam ravishda yaxshilanib boriladi.

Kurs qatnashchilarining ta'lim olishi, bilimi va ko'nikmalarini oshirish, ta'lim jarayonini to'laqonli tashkil qilish uchun, o'quv auditoriyalari zamonaviy va barcha qulayliklarga ega jihozlar bilan to'liq ta'minlangan. O'quv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanilyapti. Albatta, dasturlarni ishlab chiqish va treninglar o'tkazishda eng avvalo sifat, qiymat va natijaga e'tibor qaratilmoqda.

Ishtirokchilarning o'z biznes g'oyalari asosida, biznes rejalarini ishlab chiqish borasida nazariy va amaliy mashg'ulotlar bilan bir qatorda, viloyatda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish korxonalariga, kichik sanoat zonalariga tashriflar tashkil etilmoqda.  Xususan, bu borada  mahalliy xokimiyatlar va mutasaddi tashkilotlar amaliy-tashkiliy yordam ko'rsatib kelishmoqda.

O'quv kursi yakuni bilan tinglovchilarga malaka oshirganliklari to'g'risida sertifikatlar taqdim qilinmoqda. O'quv kurslarining mamlakatimizning boshqa hududlarida oshirilayotgan jarayonlari haqida yana ma'lumotlar berib boramiz.