• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

QASHQADARYO VILOYATI HOKIM YORDAMCHILARI O’Z MALAKALARINI OSHIRISHMOQDA

2022 yilning 17 may kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi Qarshi Davlat Universiteti binosida, “Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil qilish: mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag‘allikni qisqartirish yo‘llari” mavzusidagi 3 - kunlik o’quv-amaliy seminariga start berilib, unda Qashqadaryo viloyatining G'uzor, Dehqonobod, Qarshi, Qamashi tumanlari va Qarshi shahri tumanlarida faoliyat olib borayotgan 280 ta hokim yordamchilari qatnashishmoqda.

Hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlik bo‘yicha innovatsion ishlanmalar yaratish, ularni tijoratlashtirish va zamonaviy innovatsion ko‘nikmalarni shakllantirish tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad sanaladi.

Mazkur seminarda, amalga oshirilayotgan davlat siyosati va islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, aniqlangan muammolarni joyida hal qilish choralarini ko'rishga, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo'nalishlarini belgilashga, har bir mahallaning “o'sish nuqtasi”dan kelib chiqib, yetakchi tadbirkorlar taklif etayotgan yangi loyihalarni amalga oshirishga ko'maklashish, mahallalarda aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan xizmatlar turlarini rivojlantirish, aholini, ishsiz yoshlar va ayollarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitish hamda ularning bandligini ta'minlash ishlarini tashkil qilishga, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, hududga ajratilgan mablag'larning mahallalar kesimida taqsimlanishini ta'minlash kabi masalalar o’z ichiga olgan.

Malaka oshirish kursining birinchi bosqichi joriy yilning 19 mayga qadar davom etadi.