• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTABDA XALQARO ILMIY-AMALIY ONLAYN KONFERENSIYA BO‘LIB O'TDI  

Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Raqamli iqtisodiyot sharoitida biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo'lib o‘tdi.

Unda yurtimizda faoliyat yuritayotgan yirik xalqaro va mahalliy idora vakillari, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi va Oliy maktab rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va magistratura tinglovchilari, soha bo‘yicha ekspertlar ishtirok etdilar.

Konferensiyaning yalpi majlisida, xorijiy va mahalliy spikerlar tomonidan “Raqamli iqtisodiyotda biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning dolzarb muammolari”, “Raqamli O'zbekiston 2030 strategiyasida raqamli biznes samaradorligini oshirish”, “Tadbirkorlik va inklyuziv iqtisodiy muassasa”, “Raqamli iqtisodiyotda biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun moliyalashtirish va o'qitish imkoniyatlari”, “Raqamli iqtisodiyot sharoitida agrar sektorni rivojlantirish”, “Sun'iy intellekt va raqamli transformasiya: afzalliklari va muammolari", “Raqamli iqtisodiyotning O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta‘siri”, “Yoshlar raqamli tadbirkorligini rivojlantirishning huquqiy masalalari”, “Hamma narsaning interneti (IoE): Raqamli iqtisodiyotda biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun global yechim”, “Raqamli iqtisodiyot: Yaponiya tajribasi”, “Evropa Ittifoqidagi raqamli iqtisodiyot qonunchiligiga sharh ” kabi dolzarb mavzular keng muhokama qilindi.

Shu bilan birga, konferensiyaga ushbu sohada tadqiqot ishlarini olib borayotgan olimlar, tadqiqotchi va amaliyotchi xodimlar ham keng jalb qilinib, ular tomonidan yuborilgan ilmiy maqolalar konferensiya materiallari bilan birgalikda to‘plam sifatida chop etilishi ko‘zda tutilgan.