• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy maktabda UNESCO/UNITWIN dasturi doirasida xalqaro sertifikatlar topshirildi

Xabaringiz bor joriy yil 2021 yil 10 maydan 13 mayga qadar, Zoom platformasi orqali, Janubiy Koreyaning Xandong Global universiteti professor-o'qituvchilari tomonidan UNESCO/UNITWIN dasturi doirasida “Koreya iqtisodiyotida raqamli texnologiyalar transformatsiyasi” mavzusida maxsus ma'ruzalar turkumi o’tkazilgan.

Jahondagi pandemiya bilan bo’gliq vaziyatlar tufayli, kurs tinglovchilariga Sertifikatlarning asl nusxalarini toshirilish marosimi biroz kechiktirilgan edi. Sertifikatlar Xandong Global universiteti vakillari tomonidan maxsus pochta orqali yuborilib Oliy maktab tomonidan qabul qilindi.

Ushbu yuzasidan, 22 iyun 2021 yil kuni, maxsus ma'ruzalar kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglochilarga sertifikat topshirish marosimi bo’lib o’tdi.

Unda Oliy maktab direktorning innovatsiyalar, ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar masalalari bo'yicha o'rinbosari - Baxrom Xolbayev o'quv kursi tinglovchilarini tabriklab, ularning kelgusi ishlariga omad va zafarlar tiladi. Shundan so'ng, Oliy maktabning professor-o’qituvchilari, xodimlari va magistratura tinglovchilariga maxsus xalqaro sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.