• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTABDA OKMK XODIMLARI UCHUN LOYIHAVIY BOSHQARUV KURSI TASHKIL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi tomonidan, «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ tarkibiy bo‘linmalari rahbar va mutaxassislari uchun «Loyihaviy boshqaruv: boshlangich bosqich» ikki haftalik o’quv kursi tashkil etildi.

Kurs davomida tinglovchilar loyihaviy boshqaruvning mohiyati va metodlari, mamlakatimizda loyihaviy boshqaruvning rivojlanish bosqichlari, OKMK misolida loyiha va loyiha portfelini boshqarish, loyihaning samaradorlik mezonlarini aniqlash, loyiha ishtirokchilari va manfaatdor tomonlarni tahlil qilish, loyihaning hayotiylik sikli davomida ularni boshqarish, ustav tayyorlash va boshqa shu kabi malakaviy bilim va amaliy ko’nikmalarga ega bo’ldilar.

O'quv kurs so’ngida tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.