• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTABDA AMERICAN COUNCILS VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI

Bugun O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o'rinlarda - Oliy maktab) binosida  American Councils vakillari, xususan, innovatsiya va salohiyatni oshirish dasturi rahbari Adrian Erlinger va dasturning O'zbekistondagi katta koordinatori Zuhriddin Nosirov bilan birinchi rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlarini belgilash, tashkilotlar o'rtasida ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va ta'lim sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirishdan iborat.

Tadbir davomida mehmonlar Oliy maktabning rivojlanish tarixi, asosiy faoliyati va bugungi kundagi yutuqlari bilan tanishdilar. Shuningdek, muzokaralar doirasida tomonlar Amerika universitetlari bilan o'zaro manfaatli hamkorlik sohalarini, shu jumladan, Oliy maktab xodimlari va tinglovchilarining malakasini oshirish bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni muhokama qildilar.

Malumot uchun:

American Councils - bu xalqaro ta'lim, madaniy almashinuv, til ta'limi va kasbiy rivojlanishni o'z ichiga olgan Amerika kengashlaridir. Uning portfeli dunyoning 90 ta mamlakatlarini o’z ichiga oladi. Tashkilotning asosiy vazifasi akademik, kasbiy va madaniy almashinuvdagi eng yaxshi amaliyotlar orqali xalqaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.