• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB VA MAHALLABAY ISHLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI O’RTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

2022 yilning 12 aprel kuni, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida (keyingi o’rinlarda - Oliy maktab) Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish Agentligi direktor o'rinbosari - Xalpayev Ilxom Islomovich boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan ishchi uchrashuv bo’lib o’tdi.

Muzokara davomida o'zaro manfaatli va istiqbolli yo'nalishlar bo’yicha samarali hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi va tomonlar o'rtasida o’zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur Memorandum doirasida Oliy maktabning hududiy filiallarida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi aholining barcha qatlamlarida tadbirkorlik sohasidagi bilim va ko’nikmalarni shakllantirishga qaratilgan qisqa muddatli qo'shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, aholi bandligiga ko’maklashish va kambag'allikni qisqartirish kabilar ko’zda tutilgan. Tadbir ochiq, konstruktiv va do‘stona ruxda o’tdi.