• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB VA JANUBIY KOREYANING ADJU UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIKDA IT BUSINESS “IKKI DIPLOM” (DUAL DEGREE) XALQARO MAGISTRATURA DASTURINING RASMIY OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

   Barchamizga ma’lum, dunyo miqyosida IT sohasi shiddat bilan rivojlanayotgan bir vaqtda, bu mutaxassislariga bo‘lgan talab juda yuqoriligi va birorta soha rivojini axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mamlakatimizda yuqori malakali IT mutaxassislarning yetishmovchiligi, soha kun sayin rivojlanayotgan bir davrda, dunyo yoshlari bilan raqobatlasha oladigan malakali kadrlarni tayyorlash dolzrab masalaga aylanib qolmoqda.

  O‘zbekistonda so‘nggi yillarda raqamli iqtisodiyot yordamida milliy iqtisodiyotni tubdan modernizatsiya qilish maqsadida iqtidorli IT-mutaxassislarini tayyorlash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Binobarin, davlatimiz rahbarining Koreyaga tashrifi chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida AKT sohasi belgilab berilgan edi.

   Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 apreldagi PF-101-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 2022 yil 17 noyabr kuni, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadirkorlik Oliy maktabida, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida mamlakatimizda ilk bor va birinchilardan bo‘lib Oliy biznes maktabi va Janubiy Koreyaning Adju universiteti bilan hamkorlikda Axborot texnologiyalari sohasida Biznes boshqaruvi (IT Business) mutaxassisligi bo‘yicha “ikki diplom” (dual degree) halqaro magistratura dasturining rasmiy ochilish marosimiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

   Tantanali ochilish marosimida yurtimizda faoliyat yuritayotgan yirik xalqaro tashkilotlar, bir qator tarmoq vazirliklari va idoralari, davlat boshqaruv organlari, xorijiy va mahalliy oliy o‘quv yurtlari rahbariyati va ularning vakillari, malakali professor-o‘qituvchilari, soha bo‘yicha ekspertlar va OAV muhbirlar ishtirok etishdi.

   Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari - Ilxom Norqulov kirish so‘zi bilan ochib berdi va tashrif buyurgan barcha mehmonlarga minnatdorchilik bildirib, hozirgi kunda ta‘lim sohasida rivojlantirishning ahamiyati va bu borada yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar borasida to‘xtaldi.

   Xususan, O‘zbekiston Respublikasi raqamli iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta‘siri bilan bog‘liq ta‘lim dasturlari hamda xalqaro yirik tashkilotlarning markazlari bilan hamkorlikda raqamlashtirish yo‘nalishidagi milliy kadrlar tayyorlash tizimi izchil amalga oshirish to‘g‘risida alohida ta'kidlab o‘tdi.

   Keyingi so‘z navbati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirining birinchi o‘rinbosari - Komiljon Karimovga berildi. O‘z navbatida mehmon taklif uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi va ikki davlat o‘rtasida ta‘lim sohasida  aloqalar yanada mustahkamlanib borayotganini ta‘kidlab o‘tdi.

   Janubiy Koreyaning Adju universiteti prezidenti - janob Kichu Choy, o‘z video-murojaati orqali yo‘llagan tabrigida, ishga tushayotgan yangi loyihaning ikki mamlakat do‘stlik va keng ko‘lamli sheriklik rishtalarini mustahkamlashga, ta'lim sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish, IT-Biznes sohasida yetuk va malakali mutahassislar yetishib chiqishiga katta umid va ishonch bildirdi.

 

   Janubiy Koreyaning Adju Oliy maktabi Xalqaro munosabatlar fakulteti dekani – Yung Chong, IT-Biznes bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun  bu yerda barcha imkoniyat va sharoitlar muhayyo ekanligini alohida qayd etib, yuqori maqsad va marralarga erishishda barchaga omad tilab qoldi.

   Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori - Kongratbay Sharipov o‘z nutqida barcha ishtirokchi va tashkilotchilarga alohida minnatdorchilik bildirib, Oliy biznes maktabi va Adju Universiteti rahbariyatiga ushbu hamkorlik doirsaida zafarlab tilab qoldi.

            Shundan so‘ng, an’anaviy qizil tasma kesish, xamda jamoaviy fotosuratga tushish marosimi amalga oshirildi.

 

   Marosimning ikkinchi qismida, Ilxom Norqulov boshchligidagi delegatsiya va Janubiy koreyaning Adju universiteti vakillari bilan rasmiy muzokaralar olib borildi.

  Muzokaralar davomida tomonlar ikki ta’lim muassasalari o‘rtasida strategik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bilan bog'liq masalalar bo‘yicha muhokama olib borishdi. Belgilangan maqsadlarni amalga oshirish bo‘yicha Janubiy Koreya vakillari bilan keyingi rejalar va qilinadigan ishlar belgilab olindi va o‘z navbatida ular Oliy maktab tomonidan ilgari surilgan barcha takliflarni qo‘llab-quvvatlab kelajakda yuqori samara berish umidini bildirishdi.

  

   Marosimning yakuniy qismi, tashrif buyurgan mehmonlar uchun Oliy maktab binosi bo‘ylab ekskursiya tashkil qilinib, muassasaning salohiyati, moddiy-texnika bazasi, axborot-resurs markazi, IT-Biznes mutaxassisligi bo‘yicha mashg'ulotlar olib boriladigan mahsus-o‘quv xonasi, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqishdi.

 

   Ma’lumot o‘rnida, ushbu qo‘shma ta'lim dasturi to‘liq ingliz tilida bo‘lib o‘qitishning 1 va 2-semestrlari Oliy maktab binosida (O‘zbekiston), 3 va 4-semestrlari (4-semestr 1 oy) Adju universiteti hududida (Janubiy Koreya) bo‘lib o‘tadi. Ushbu dasturning afzalliklaridan foydalanib, tinglovchilar jahon miqyosida e’tirof etiladigan “ikki diplom” (dual degree) magistr darajasini olishlari mumkin.

   Jahon miqyosida raqamli texnologiyalar bo‘yicha tan olingan yetakchi davlatlardan biri birini egallab turgan Janubiy koreya hamda O‘zbekiston o‘rtasida,  axborot texnologiyalari sohasida malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash va yetishtirish kabi dolzarb vazifani amalga oshirishda, Oliy maktabda maxsus IT Business mutaxassisligi bo‘yicha “ikki diplom” dasturi ochilishi alohida ahamiyat kasb etadi.

  

   Juda ko‘p sohalar qatori, ta'lim yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi bunday sa'y-harakatlar O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamlashga alohida xizmat qiladi.

    Adju universiteti xususiy universitet bo‘lib, 1973 yilda tashkil etilgan va Janubiy Koreyaning yetakchi muhandislik universiteti hisoblanadi. The Times – nashri bahosiga ko‘ra, Adju universiteti dunyoning kuchli 600 talik, Janubiy Koreyaning esa kuchli 20 talik universitetlar reytingiga kiradi.

    Buyuk Britaniyaning Times Higher Education (THE) - Universitetlarni baholash instituti tomonidan e'lon qilingan Janubiy Koreya universitetlari orasida 2022 yilgi yosh universitetlar reytingida eng yuqori birinchi o‘rinni egalladi.  O‘zining innovatsion xalqaro dasturlari, shu jumladan, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, xalqaro yozgi maktab, koreys tili dasturi va chet ellik talabalarni faol qo‘llab-quvvatlashi bilan keng tanilib, 200 dan ortiq davlat va 58 dan ortiq universitetlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

  

   Oliy biznes maktabi - mamlakatdagi yetakchi ta'lim muassasalaridan biri bo‘lib, korporativ boshqaruvi, loyiha boshqaruvi, kichik biznes va tadbirkorlik, raqamli iqtisodiyot, raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi kurashish, marketing, menejment va iqtisodiyotning talab yuqori bo‘lgan boshqa sohalarida kadr va mutaxassislarni tayyorlash tizimini xalqaro standartlarga muvofiq tubdan takomillashtirish hamda ularning professional saviyasini oshirish, shuningdek, boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etishni ilmiy-metodik qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Ushbu yo‘nalishda nafaqat respublikada, balki xalqaro miqyosda ham etakchi biznes maktabiga aylanishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

   Oliy maktabning tinglovchilar safiga vazirlik va idoralar, ishlab chiqarish uyushmalari, kontsernlar, korporatsiyalar, kompaniyalar, xolding kompaniyalari va boshqa xo‘jalik birlashmalari, yirik sanoat korxonalarida rahbarlik boshqaruv lavozimlariga tayinlash uchun zaxiradagi istiqbolli mutaxassislardan tanlov asosida olinib, “Biznesni boshqarish” (MVA), “Loyiha boshqaruvi” (PM), “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish (Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik)”, “Kapital bozori va birja ishi” mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlash vazifasi Oliy maktab zimmasiga yuklatilgan.

     Xususan, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan IT-mutaxassislar o‘zlari uchun maqbul biznes muhitiga ega bo‘lib, hamkorlar va mijozlar qurshovida qolsalar, ularning mehnati vatanimizdagi soha rivojiga yangi qon kiritadi. Tajriba almashinuvi yurtdoshlarimizning bilim va malakasi oshishiga sababchi bo‘lib, motivatsion ruh bag‘ishlaydi. Bordiyu ular yurtimizdagi faoliyatlarini kengaytirib, pedagogik yo‘nalishdan borsalar, yetishib chiqayotgan kadrlar ham mukammal ilm zahirasi bilan qurollanadilar.