• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy maktab va Innovatsion rivojlanish vazirligi o’rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

2021 yil 19 may kuni, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktori - I.O’. Umrzaqov boshchiligida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari - Sh.U. Turdikulova bilan navbatdagi ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan ko’zlangan asosiy maqsad - hamkorlikning o'zaro manfaatli va istiqbolli yo'nalishlari, shu jumladan ta'lim sohasidagi ilmiy-innovatsion natijalarni tijoratlashtish yo’nalishda hamkorlikni yanada kengaytirish.

Muzokaralar davomida, tomonlar o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Imzolangan hujjat, respublikadagi oliy ta’lim muassasalarining innovatsion yo’nalishlari va bo’limlarda faoliyat yuritadigan rahbar va mutaxassislarni malakasini oshirish, innovatsion faoliyat va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’ycha qisqa muddatli qo'shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, loyiha boshqaruvi bo’yicha rahbar kadrlarni malakasini qayta tayyorlash uchun qisqa muddatli kurslarni tashkil qilishga qaratilgan.

Uchrashuv ikki tomon uchun juda saviya va do'stona muhitda bo’lib o’tdi. Imzolangan bitim, tomonlarning hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi.