• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy maktab tinglovchilarining Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysiga tashrifi

Amaliy mashg'ulotlar o'quv jarayonining muhim tarkibiy qismi xisoblanib, ish jarayonini bevosita kuzatish va kompaniya vakillari bilan o’zaro muloqot olib borish imkonini beradi.

Navbatdagi maxsus sayyor dars doirasida, korxonaning ish jarayonlari, koprorativ boshqaruvning zamonaviy mexanizmlari bilan bevosita tanishish, xamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'lash maqsadida, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Biznesni boshqarish” (MBA) magistratura mutaxassisligi bo'yicha kunduzgi ta’lim magistratura tinglovchilari, “Korporativ boshqaruv nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor –  D.X. Suyunov va Ta'lim tizimini metodik ta'minlash bo'limi boshlig'i, i.f.n, dotsent – Sh.A. Xusainov boshchiliklarida, O'zbekiston Respubilkasi Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysiga tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrif davomida O'zbekistonning qimmatli qog'ozlar bozori, fond bozorining asosiy vositalari, qimmatli qog’ozlarning joylanishi, xisobga olinishi, qimmatli qog'ozlarning egalari bilan bo'ladigan yozma ma'lumotlar, Markaziy depozitariyning asosiy vazifalari va yaqin yillarga mo'ljallangan kelgusi rivojlantirish rejalari, xamda jahon andozalariga mos rivojlanish istiqbollari bilan tanishishdi hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'lash kabi muhim vazifalarni amalga oshirishdi.

Markaziy depozitariy mutaxassislarining tinglovchilar bilan uchrashuvi interfaol shaklda va jonli muloqot tarzida bo'lib o'tdi. Tinglovchilar Qimmatli qog'ozlar Markaziy depozitariysi faoliyati bilan yanada yaqinroq tanishish uchun kelgusida aloqalarni davom ettirish istagini bildirdilar.