• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

NAVBATDAGI MAGISTRLIK DISSERTASIYASI HIMOYASI

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida, 70411302 – Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA) va 70411202 – “Loyiha boshqaruvi” (Project Management - PM) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha navbatdagi magistrlik dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Magistrlik dissertatsiyalari Oliy maktab va boshqa OTM vakillaridan iborat Yakuniy Davlat Attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan ilmiy ishlarini baholanib, tegishli xulosalar taqdim etilmoqda.

Magistratura bosqichi tinglovchilari dissertatsiya ishining maqsad va vazifalari, erishilgan ilmiy va amaliy natijalari va ularni mamlakatimizning turli tarmoqlarida tizimida amaliyotga samarali tatbiq etish bo‘yicha ilmiy xulosalarini davlat attestatsiya komissiyasi a‘zolariga har tomonlama tushuntirib berishdi.

Dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilayotgan bitiruvchilarimiz mamlakatimiz taraqqiyot yo‘lida hizmat qilishlariga ishonamiz va ularga ulkan zafarlar tilaymiz!