• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Innovatsiyalar milliy ofisi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi o‘rtasida hamkrolik yo‘lga qo‘yiladi

Innovatsiyalar milliy ofisi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Bunyod Rahmatullayev O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Biznes inkubator va startaplar bilan ishlash markazi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda loyiha boshqaruvi, IT biznes sohalarida kadr va mutaxassislar tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yurtimizda innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida xalqaro munosabatlarni birgalikda amalga oshirish, sun’iy intellekt yo‘nalishini yangi innovatsion loyihalar orqali takomillashtirish hamda turli tadbirlar tashkil etish bo‘yicha suhbatlashildi.

Bundan tashqari, Biznes inkubatsiya va startaplar bilan ishlash xodimlarini Innovatsiyalar milliy ofisining “Milliy hub” startap-akseleratsiya loyihasida o‘qitish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida kelgusidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

Ma‘lumot uchun: Innovatsiyalar Milliy Ofisi asosiy vazifalaridan iqtisodiyotning real sektori va ijtimoiy soha ehtiyojlaridan kelib chiqib ilmiy faoliyat natijalari, innovatsion mahsulotlar va xizmatlar, shu jumladan yangi qurilmalar, materiallar hamda texnologiyalarni yaratish, joriy etish, ko‘paytirish va ularni tijoratlashtirishdan iboratdir. 

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi