Yangiliklar

Pearson BTEC Uzbekistan 3-4 darajali malakalarni o`qitishga qabulni boshladi

Loyiha haqida

2019 yil oktyabr oyidan talabalar 7 ta kollejda Pearson BTEC Uzbekistan diplomini olish uchun bir yillik dasturga yozilish uchun registratsiya ochildi. Malakalar quyidagi yo'nalishlarni bo`yicha olib boriladi:

  • Mehmondostlik
  • Ma'muriy yordam
  • Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish
  • Ombor nazorati
  • Aqliy Texnoligiyalar (IT) savodxonligi
  • Kasbiy Ko`nikmalar

Pearson BTEC malakalarini taqdim qilish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Huzuridagi Loyihalarni Boshqarish Milliy Agentligi (NAPM) va Respublika Biznes va Menejmentning Oliy Maktabi (RGSBM) bilan hamkorlik olib bormoqda.

Ish beruvchilarning qo'llab-quvvatlash va ishga jalb qilish

O'zbekiston mehnat bozori va uning ehtiyojlarini anglash jarayonida Pearson 80 nafar kompaniya bilan birgalikda talabalarning ishga tayyorligini va iqtisodiyotimizning o'sishiga yordam beradigan malakalarni ishlab chiqdi. Ish beruvchilar loyihani qo'llab-quvvatlaganliklarini namoyish etishdi va hozirda kavalifikatsiya bitiruvchilarini stajirovka qilish va ishga joylashtirish bo'yicha muzokaralar olib borishmoqda.

Imkoniyatlar

BTEC Pearson malakasi 70 dan ortiq mamlakatlarda tan olingan. Bizning asosiy maqsadimiz - sifatli, professional yo'naltirilgan malakani berish orqali iqtisodiy o'sishni qo'llab-quvvatlash va infratuzilmani rivojlantirish. O'ylaymizki, yuqori darajadagi ta`lim yangi imkoniyatlarni ochadi, muvaffaqiyatli martaba yaratadi va hayotni yaxshilaydi.

Pearson BTEC malakasi 35 yildan ortiq muvaffaqiyatli tajribaga ega. Dunyo bo'ylab kompaniyalar va universitetlar amaliy bilimlari va ishga joylashish ko'nikmalari uchun BTEC malakasini bitirgan nomzodlarni tanlab olishadi. Talabalarni ishlashga tayyorlashdan tashqari, ular keyingi o'qish darajasiga ko'tarilish imkoniyatlarini ham taklif etadilar.

O'zbek kollejlari Pearson BTEC malakasini olishlari uchun barcha o'qituvchilar iyul va avgust oylarida RGBSM da Buyuk Britaniya mutaxassislaridan maxsus tayyorgarlik va treninglardan o'tdilar. Shuningdek, kolledjlarda o`quv davomida Buyuk Britaniyalik mutaxassislar darslarda qatnashadilar va joylarda dars o'tkazadilar.

Pearson

Pearson dunyoning etakchi ta'lim sohasida ishlovchi kompaniya bo'lib, dunyoning 70 mamlakatida 24000 xodimga ega, qarorgohi Londonda. Biz ta`lim kontent va dunyo baholash sistemasini birlashtirib, zamonaviy servis va texnologiyalarga tayangan holda samaralik o`qituv va individual ta`limni ta`minlash uchun xizmat qilamiz. Biz ta'lim muvaffaqiyatga yetgan joyda odamlar gullab-yashnashiga ishonamiz. 1844 yilda tashkil etilgan Pearson har yili dunyo bo'ylab 6000 dan ortiq maktab, kollej va kompaniyalarda 5 milliondan ortiq talabalarga ega bo'lgan eng yirik xalqaro malaka beruvchi tashkilotlaridan biriga aylandi.

Pearson BTEC Uzbekistan malakasini beradigan kollejlar

Kollejlar

Malakalarning nomi

 

Toshkent turizm kasb-hunar kolleji

Pearson BTEC Uzbekistan Mehmondo'stlikdagi asosiy ta'lim bo'yicha 3-darajali diplom

 

Pearson BTEC Uzbekistan 3-chi darajasi Kasbiy Ko`nikmalar

 

Pearson BTEC Uzbekistan 3-chi darajasi Aqliy Texnologiyalarida savodxonlik

 

 

Toshkent mehmonxona menejmenti kasb-hunar kolleji

Pearson BTEC Uzbekistan Mehmondo'stlikdagi asosiy ta'lim bo'yicha 3-darajali diplom

 

Pearson BTEC Uzbekistan 3-chi darajasi Kasbiy Ko`nikmalar

 

Pearson BTEC Uzbekistan 3-chi darajasi Aqliy Texnologiyalarida savodxonlik

 

 

Mirobod kompyuter texnologiyalari kolleji

Pearson BTEC Uzbekistan Dasturiy ta'minot sohasida asosiy ta'lim bo'yicha 4-darajali diplom

 

Pearson BTEC Uzbekistan 3-chi darajasi Kasbiy Ko`nikmalar

 

Pearson BTEC Uzbekistan 3-chi darajasi Aqliy Texnologiyalarida savodxonlik

 
 
 

 

Toshkent kadrlarni boshqarish va mehnatni muhofaza qilish kolleji

Pearson BTEC Uzbekistan Davlat va xususiy sektorda ma'muriy yordam sohasida bazaviy ta'lim bo'yicha 4-darajali diplom

 

Pearson BTEC Uzbekistan 3-chi darajasi Kasbiy Ko`nikmalar

 

Pearson BTEC Uzbekistan 3-chi darajasi Aqliy Texnologiyalarida savodxonlik

 

 

Toshkent transport kasb-hunar kolleji

Pearson BTEC Uzbekistan 4-darajali diplom, ombor nazorati bo'yicha asosiy diplom

 

Pearson BTEC Uzbekistan 3-chi darajasi Kasbiy Ko`nikmalar

 

Pearson BTEC Uzbekistan 3-chi darajasi Aqliy Texnologiyalarida savodxonlik

 

 

Jizzax iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji

Pearson BTEC Uzbekistan Mehmondo'stlikdagi asosiy ta'lim bo'yicha 3-darajali diplom

 

Pearson BTEC Uzbekistan 3-chi darajasi Kasbiy Ko`nikmalar

 

Pearson BTEC Uzbekistan 3-chi darajasi Aqliy Texnologiyalarida savodxonlik

 

Zomin maishiy xizmat va transport kolleji

Pearson BTEC Uzbekistan Davlat va xususiy sektorda ma'muriy yordam sohasida bazaviy ta'lim bo'yicha 4-darajali diplom

 

Pearson BTEC Uzbekistan 3-chi darajasi Kasbiy Ko`nikmalar

 

Pearson BTEC Uzbekistan 3-chi darajasi Aqliy Texnologiyalarida savodxonlik

 

Malakalar haqida

Pearson BTECning O'zbekiston malakasi Pearson tomonidan taqdim etilgan o'quv materiallarini o'z ichiga oladi va kafolat qat`iy sifati Pearsonning mezonlariga  mos keladi. Malakani muvaffaqiyatli tugatgandan so'ng, sizga Pearson BTEC Uzbekistan diplomi beriladi. Pearson RGSBM bilan birgalikda rus va o'zbek tillarida malakani o`qitish va kvalifikatsiyalarni hamyonbob arzon narxlarda qilish ustida ishlamoqda.

Pearson BTEC haqida ko'proq bilib oling qualifications.pearson.com

Yoki bizga qo'ng'iroq qiling +99878 120 97 27