• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

TAYANCH DOKTORANTURA (PHD), DOKTORANTURA (DSC) VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA HUJJATLAR QABUL QILISH JARAYONI BOSHLANDI

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim to’g’risida”gi Nizom talablariga muvofiq, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 2021 yil uchun 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” ixstisosligi bo’yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka tanlov e’lon qiladi.

Tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikda oʼqish grant va toʼlov-kontrakt asosida tashkil etiladi.

Hujjatlar 2020 yil 15 sentabrdan – 15 oktabrgacha qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar bir yilda toʼrt marta qabul qilinadi.

Har bir nomzod Innovatsion rivojlanish vazirligi onlayn qabul tizimidan ham yuqorida keltirilgan muddatda roʼyxatdan oʼtishlari talab etiladi http://phd.mininnovation.uz/

Bog‘lanish uchun telefon: (71) 239-03-02; 239-03-17.

Elektron manzil: o.aliqoriev@rgsbm.uz