• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“MILLIY KADRLAR ZAXIRASIGA KIRITILGAN NOMZODLAR” UCHUN TASHKIL QILINGAN MALAKA OSHIRISH KURSLARI O’Z YAKUNIGA YETDI

“Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar” uchun navbatdagi qisqa muddatli malaka oshirish kursida mamlakatimizdagi turli vazirlik va idoralar rahbarlari, professor-oʼqituvchilari tomonidan quyidagi dolzarb mavzular yoritib berildi:

«Bugungi kundagi zamonaviy rahbar qiyofasi», «Хududlarda loyihalarni boshqarish va uni samaradorligini aniqlash usullari», «O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimyati tizimi», «Raqamli iqtisodiyot, sanoat 4.0 inqilobi», «Boshqaruv jarayonida raqamli ma’lumotlardan foydalanish strategiyasi», «Inson resurslarini boshqarish», «Loyihaviy boshqaruv, boshqaruv samaradorligi», «Mamlakatimizda maʼmuriy islohotlarning ustuvor yoʼnalishlari», «Boshqaruvda KPI tizimi va uning samaradorlik koʼrsatkichlari tizimini aniqlash»

«Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari», «Mahalliy sanoat sohalarini rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish», «Hududlarning eksport salohiyatini oshirish», «Tadbirkorlik sohasida bugungi kundagi muammo va zamonaviy yechimlar», «Mahallalarda yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi – yoshlar dasturlari va yoshlar balansi», «Oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha davlat siyosatining asosiy yoʼnalishlari», «Rahbarlik va liderlik» kabi dolzarb mavzular yoritib berilmoqda.

Milliy kadrlar zaxirasi davlat sektorida rahbar kadrlar tarkibini barqaror taʼminlash, uning sifatini yaxshilash, davlat xizmatchisining kasbiy bilimini oshirish hamda xizmatda lavozimi boʼyicha koʼtarish maqsadida shakllantiriladi.