• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

BANK VA MOLIYA SOHASIDA XALQARO HAMKORLIK

Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o'rinlarda – Oliy maktab) oliy ta'lim va yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. 2019-yil dekabr oyida Oliy maktab delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga tashrifi buning yaqqol misoldir.

Tashrif doirasida, joriy yil 10 dekabr kuni London bank va moliya instituti (The London Institute of Banking & Finance) rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi va ikki ta’lim muassasasi o'rtasida bank va moliya sohasida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlikning asosiy yo'nalishlari va shakllari bo’yicha o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun jumladan, o'quv jarayonini tashkil etish va qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha hamkorlik, qo'shma ta'lim dasturlari, master-klasslar, seminarlar, konferentsiyalar tashkil etish, o'quv-uslubiy materiallar va o'qitishning yangi usullarini ishlab chiqish, professor-o'qituvchilar va ma'muriy xodimlar bilan o'zaro almashishni yo’lga qo’yish, shuningdek, ikki diplomlik magistrlik dasturini ishlab chiqish va ishga tushirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.

Imzolangan bitim, tomonlarning hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi.

Malumot uchun:

London bank va moliya instituti, Angliya va Uelsdagi bank va moliyaviy xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha eng qadimgi ta'lim va professional tashkilot bo'lib, butun dunyo bo'ylab yuqori axloqiy va professional standartlarni o'rnatish uchun hamkorlar bilan xalqaro miqyosda faoliyat olib boradi. 2019 yilda, ushbu ta’lim muassasi o’zimimg 140 yilligini keng miqyosda nishonladi.