• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy maktab rahbariyatining Saksoniya iqtisodiyoti o‘quv markazi vakili bilan uchrashuvi: yashil iqtisodiyotda hamkorlikni mustahkamlash

Joriy yilning 18-dekabr kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida direktor o‘rinbosari Mirkomil Adilov va Saksoniya iqtisodiyoti o‘quv markazi xalqaro bo‘limi boshlig‘i Irina Aynert o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar o‘z tashkilotlari faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida yashil iqtisodiyot, yashil texnologiyalar sohasida loyihalarni amalga oshirish, biznes va tadbirkorlik bo‘yicha treninglar o‘tkazish uchun nemis mutaxassislarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha yashil iqtisodiyot sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.