• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

MAGISTRATURA TINGLOVCHILARI UCHUN "MILLIY IQTISODIYOTDA YO'L-TRANSPORT VA MUHANDISLIK-KOMMUNIKASIYA INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI" MAVZUSIDA MAHORAT DARSI (ONLAYN SHAKLDA) BO'LIB O'TADI

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida o'qitilayotgan fanlarning amaliyot bilan bog'liqligini oshirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligining asosiy faoliyati bilan kengroq tanishtirish maqsadida magistratura tinglovchilari uchun vazirlikning departament va boshqarmalarining tajribali mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari o'tkazilib kelinmoqda.

2021 yil 19 yanvar kuni soat 15:00 da "Milliy iqtisodiyotda yo'l-transport va muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish yo'llari" mavzusida maxorat darsi (onlayn shaklda) o'tkaziladi.

Ma'ruzachilar sifatida quyidagi ekspertlar taklif qilingan:

- O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi "Yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi" boshlig'i – Narimov Rustam Kamilovich;

- O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi "Muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi" boshlig'i – Nurmuxamedov Shamsiddin Kamaletdinovich;

- O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi "Muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi" boshlig'i o'rinbosari – Nadirov Abdulahad Abdraxmatovich.