• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

KONSTITUTSIYAMIZ – HUQUQ VA ERKINLIGIMIZ KAFOLATI

2020 yil 4 dekabr kuni soat 12:00 da , O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida, O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi qabul qilinganligining 28 yilligini munosib nishonlash maqsadida “Konstitusiyamiz – huquq va erkinligimiz kafolati” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda aziz mehmonlar sifatida shoir Bobur Bobomurod, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Jenisbek Piyazov, siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori Saidov Sanjar Shavkatovich, Oliy maktab rahbariyati, professor-o'qituvchilari, xodimlari va tinglovchilar ishtirok etishdi.

Tadbir O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi.

So'ng, tadbirni Oliy maktab direktori v.v.b., i.f.d, professor Xasanov Rustam Rabbimovich kirish so'zi bilan ochib, davlatimiz bosh qomusi xisoblangan Konstitusiya qabul qilinganligining 28 yilligi bilan chin ko'ngildan tabrikladi. O'z nutqida O'zbekiston Konstitusiyasi xalqimizning mustaqillik sari uzoq yo'ldagi izlanishlari natijasi ekanligini, yigirma sakkiz yildirki, Konstitusiyamiz barchamiz orzu qilgan mustaqil, adolatli, demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun huquqiy asos vazifasini sharaf bilan bajarib kelayotganligini ta'kidladi.

O'z navbatida aziz mehmonlarimiz ham, har qanday davlatning obro'-e'tibori uning Konstitusiyasi bilan belgilanishi, davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan bosh qonundir xaqida gapirib o'tishdi.

Shuningdek, bugungi kunda yurtimizda Konstitusiyada o'z aksini topgan jamiyat va shaxs munosabatlari, davlat boshqaruvi organlari faoliyatini huquqiy maqomi, fuqarolarning huquq-erkinliklarini ta'minlash bilan bog'liq huquqiy qoidalar zamirida amalga oshirilayotgan ishlar va huquq-tartibotni mustaxkamlash borasida olib borilayotgan ishlar to'g'risida fikrlar bildirildi.

Tadbir ko'tarinki ruxda va bayramona kayfiyatda o'tdi, ishtirokchilar ma'naviy xordiq olishdi.