• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

JANUBIY KOREYANING ADJU UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

Bugun O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi binosida, vazir o‘rinbosari Bobur Abdinazarov Janubiy Koreyaning Adju universiteti prezidenti Kichu Choy (Keechoo Choi) boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Shu bilan birga uchrashuvda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Toshkentdagi AJOU universiteti va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirning rasmiy qismida tomonlar ilm-fan sohasida, xususan, Oliy maktab va Adju universiteti o’rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, IT (MBA in IT) mutaxassisligi bo’yicha “ikki diplomlik” (double degree) magistratura dasturi, kelgusida qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalari va ilmiy-amaliy konferensiyalar oʻtkazish maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Bu kabi kelishuv va amaliy hamkorlik tomonlar oʻrtasida innovatsion gʻoyalar va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda muhim o’rin tutadi.

Tadbirning ikkinchi qismida, delegatsiya vakillari Oliy maktabga tashrif buyurib, muassasaning salohiyati, moddiy-texnika bazasi, ta’lim jarayonlari, xodimlar, professor-o‘qituvchilar va tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqishdi.