• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

JANUBIY KOREYALIK PROFESSORLARDAN MAHORAT DARSI

Professor Jinvon An boshchiligidagi UNESCO / UNITWIN ta‘lim dasturi doirasida Janubiy Koreyaning nufuzli Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya vakillari tomonidan Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professor-o'qituvchilari, xodimlari va tinglovchilari uchun "Tadbirkorlikda global tendensiyalar" mavzusida maxsus ma'ruzalar tashkil etildi.

Handong Global universitetida tadbirkorlikni o‘qitish va startap markazi professori va ijrochi direktori, professor Beonha Jee ushbu tadbirda moderatorlik vazifasini bajarib berdi.

Handong Global universiteti professori - Jinwon Ahn “Inklyuziv iqtisodiy institut va tadbirkorlik”, Koreya ayollar tadbirkorlik laboratoriyasi direktori, Kyonpuk milliy universiteti dotsenti professori - Kate Kim "Tadbirkorlikdagi 6 ta tendentsiya", Sukmyon ayollar universiteti ingliz tili va adabiyoti professori - Myonghee Kim "Raqamli davrda ayollar tadbirkorligi", Sokmyung ayollar universiteti, Koreya madaniy arxitektura instituti vitse-prezidenti professori -  Swookyung Suh "Aqlli shahar ijodiy majmua sifatida"  mavzularida o’z taqdimoti bilan qatnashishdi.

Tadbir juda samarali bo'lib, uning so’ngida esdalik uchun umumiy fotosuratga tushish bilan yakunlandi!