• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

JANUBIY KOREYA UNIVERSITETLARI VAKILLARI BILAN ONLAYN UCHRASHUV

2020 yil 20 noyabr kuni, O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o'rinlarda–Oliy maktab) vakillari Janubiy Koreyaning Handong Global va Konkuk universiteti vakillari, shuningdek Janubiy Koreyaning savdo, sanoat va resurslar vazirligining sobiq vaziri bilan videokonferensaloqa shaklida ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Onlayn tarzida o'tgan muzokaralar davomida, tomonlar qo'shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va tashkil etish bo'yicha, ikki tomonlama o'zaro quyidagi manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qildilar:

  • Oliy maktab va Handong Global universiteti o'rtasida “ikki diplom” (double degree) qo'shma dasturlarini tashkil etish;
  • magistratura va doktorantura qo'shma dasturlarini tashkil etish;
  • kredit-modul tizimi yo’nalishida tajriba almashish;
  • Pandemiya sharoitida “G-BEX Korea” qo'shma ta'lim dasturini amalga oshirish;
  • ilmiy-tadqiqot, tezislar va nashrlarni yozishda qo’shma xamkorlik;
  • tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar sohasida qisqa muddatli kurslarni tashkil etish;
  • tadbirkorlar uchun qo'shma maslahat xizmatlari markazini tashkil etish;
  • raqamli transformatsiya, sun'iy aql, raqamli iqtisodiyot sohalarida qo'shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish;
  • ta’lim muassasalari o'rtasida tinglovchilar, xodimlar va professor-o'qituvchilar bilan o’zaro almashuv dasturlarini ishlab chiqish;
  • malaka oshirish bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • qo'shma mahorat darslari, anjumanlar, konferentsiyalar va boshqa ilmiy-ta'limiy tadbirlarni o'tkazish

Yuqorida keltirib o'tilgan masalalar asosida, belgilangan maqsadlarni amalga oshirish bo'yicha Janubiy Koreya vakillari bilan keyingi rejalar va qilinadigan ishlar belgilab olindi va o'z navbatida ular Oliy maktab tomonidan ilgari surilgan barcha takliflarni qo'llab-quvvatlab kelajakda samarali hamkorlik qilish umidini bildirishdi.

Muzokaralar har ikki tomon uchun an'anaviy ochiq va do'stona muhitda bo’lib bo'ldi.