• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

«ISLOM – TINCHLIK VA BAG'RIKENGLIK DINI»

2019 yil 21 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (keyingi satrlarda – LBMA) xamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Diniy ekstremizmning oldini olish, Islomning asl mohiyati» mavzusida, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida xalqaro bag'rikenglik kuniga bag'ishlangan seminar o'tkazildi.

Seminarda LBMA direktorining o'rinbosari Davron Maqsudov va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita vakili Bahodir Daminov o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.

 Ular o’z chiqishlarida, din masalalarida davlatimizning joriy siyosati, diniy ekstremizmning oldini olish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlarga aloxida to’xtalib o’tishdi va diniy tashkilotlar, dinlararo va millatlararo totuvlikni mustahkamlashdagi sayi xarakatlar haqida batafsil so'zlab berdilar.

Shuningdek, ular diniy tashkilotlarning bugungi holati, dinlararo va millatlararo totuvlikni mustahkamlash bo’yicha olib borilayotgan ishlarishiga va ularning faoliyatlari haqida batafsil ma'lumot berdilar.

Tadbir barcha ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi va ular o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Tadbirda, O'zbekiston xududida 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qilishi, va 140 ga yaqin milliy-madaniy markazlar faoliyat yuritayotgani ta'kidlandi. O'zbekistonda din erkinligi – konstitutsiya bilan ximoyalangan va mustahkamlangan.

Ma'lumot uchun:

BMT Bosh Assambleyasining 1996 yilda qabul qilingan qaroriga muvofiq, har yili 16 noyabr kuni butun dunyo bo’yicha xalqaro bag'rikenglik kuni nishonlanadi.  Ushbu skunda O'zbekistonda xam maxsus tadbir  va dasturlar tashkil etilib, keng miqyosda nishonlanib keladi.