• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

SUN'IY IDROK-KELAJAK TEXNOLOGIYASI

2020 yil 10 fevral kuni, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi binosida, «KNOWLEDGE HUB» loyihasi doirasida, amaliy tajriba almashish, o’zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida «Sun'iy idrok-kelajak texnologiyasi» mavzusida mahorat darsi bo'lib o'tdi.

Tadbirning navbatdagi mehmoni va spikeri Big Data sohasidagi mutaxassis va ekspert – Kushnazarov Farrux Isakulovich bo'ldi.

Tadbir davomida sun'iy idrok, uning rivojlanishi, O'zbekiston va butun dunyoga iqtisodiyotiga ta'siri, global jahon texnologiyalari bozorining o'sishi, sun'iy idrok texnologiyalariga bo'lgan talab va boshqa zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan o'zaro aloqalar, shuningdek, mamlakatimizda sun'iy idrokni rivojlantirishning mumkin bo'lgan yo'llari, usullari haqida so'zlab berdi.

Shuningdek, jahon qudratli mamlakatlati sun'iy idrokga bo'lgan katta qiziqishi ushbu sohani davlat darajasida faol ravishda investitsiyalash va qo'llab-quvvatlashni boshlaydigan boshqa mamlakatlar orasida kata e'tibordaligi ta'kidladi.

Ushbu mavzu tinglovchilarga katta qiziqish uyg'otib ko'plab savollarga boy bo’di. Shu o’rinda ma’ruzachi o’zining yaxshi nazariy tayyorgarligini namoyish etgan holda, batafsil va keng javob berishga xarakat qildi.

Ma’lumot uchun:

Kushnazarov Farrux Isakulovich – IT va sun'iy idrok sohasida xalqaro tashkilotlar va kompaniyalarda tajribaga ega bo’lgan kuchli mutaxassislardan. Weibo internet technologies LTD (Shanxay, Xitoy) da maslahatchi bo'lib ishlagan. Bir necha yil Tunszi universitetida (Shanxay, Xitoy)  faoliyat olib borgan. Internet texnologiyalari  ilmiy-tadqiqot markazida (XXR) katta ma'lumotlar bo'yicha Ilmiy xodim va tahlilchisi, Moskva, Sankt-Peterburg, Xyamen Xyamen va boshqa shaharlarni o'z ichiga olgan aqlli shaharlar loyihasi bo'yicha  maslahatchi bo'lib ishlagan. 20 dan ortiq ilmiy nashrlar va maqolalarga mualliflik qilgan.