• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“Biznes va iqtisodiyotda raqamli transformatsiya” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.

Joriy yilning 21-iyun sanasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Biznes va iqtisodiyotda raqamli transformatsiya” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

 Konferensiya ochilish marosimida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktorining birinchi o‘rinbosari Bobur Abdinazarov, Handong Global universiteti professor Jinvon An ishtirok etdilar.

 

Konferensiya davomida, To‘lqin Boboqulov Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyalashtirishning dolzarb masalalari bo‘yicha nutq so‘zladi, shu bilan birga Handong Global universiteti professori Daiyon Cho - Biznesda raqamli transformatsiya, Raqamli texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha biznes jarayonini qayta ko‘rib chiqish, yangi biznes jarayonlarini yaratish yoki mavjudlarini o‘zgartirish kabi mavzularga to‘htab o‘tdi.

 Shu bilan birga, Ajou universiteti professori Suduk Kim, raqamli transformatsiya va elektrlashtrish haqida nutq so‘zladi, u o‘z nutqida raqamli transformatsiyaning afzalliklarini sanab o‘tdi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining iqtisod fanlari do‘ktori, professor Dilfuza Rasulova tadbirkorlik subyektlari eksportini rivojlantrishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir. Hozirgi kunda tadbirkorlar, o‘rta va kichik biznes jahon mamlakatlarida iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi uchun asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Tadbir jarayonida “Yangi O‘zbekiston”da raqamli transformatsiya jarayonlarini rivojlantrish yo‘llari, raqamli transformatsiya, raqamli iqtsodiyot sharoitlarida tijorat banklarini chakana xizmatlarni rivojlantrish, sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruvni tashkil etish kabi mavzular ko‘rib chiqildi. 

Ma'lumot uchun: Raqamli transformatsiya - onlayn platformalarni rivojlantirish va raqamli mahsulotlar va xizmatlarni taqdim etish uchun yangi imkoniyatlarni yaratishga yordam beradi. Raqamli tahlil va ma'lumotlarni qayta ishlash, tezroq tahlil qilishga imkon beradi.

Konferensiya yakunida, raqamli transformatsiyaning avzalliklari, hamda hozirgi kunda Respublikamizda olib bo‘rilayotgan islohotlar, biznes samaradorligini oshirishga ko‘maklashish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish, kompaniyalarning o‘sishi hamda rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlar yaratilish jarayonlari haqida muhokama qilindi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi 

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi