• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Oliy maktab hududiy filiallari tomonidan o'tkazilgan o'quv kurslari bo'yicha ma’lumot

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hududiy filiallari tomonidan 2021 yil 15 fevral kunidan hududlarda Aholini (yoshlar va xotin-qizlarni) tadbirkorlik ko'nikmalariga o'qitish, “Oilaviy tadbirkorlik dasturlari orqali kredit olishni mo'ljallagan aholi qatlamlari uchun” qisqa muddatli o'quv kursi, Tadbirkorlarni biznesni boshqarish va rivojlantirish ko'nikmalariga o'qitish bo'yicha bepul o'quv kurslari tashkil etilib kelinmoqda.

2021 yil 18 iyun kuniga qadar jami 217 ta o'quv kurslari tashkil etildi hamda 3982 nafar tinglovchilar  o'quv kurslariga jalb etildi. 2938 nafari (04.06.2021 yil holatiga) o'quv kurslari yakunida sertifikatlar bilan taqdirlandilar. O'quv kurslarida qatnashgan tinglovchilarning 1225 nafarini yoshlar, 2536 nafarini ayollar tashkil etadi. O'quv kurslariga “Ayollar daftari”ga kiritilgan 1075 nafar xotin-qizlar qatnashib 833 nafari Oliy maktab tomonidan o'quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganligi sababli sertifikat bilan taqdirlandilar. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 1539 nafar tinglovchidan 1210 nafari Oliy maktab tomonidan o'quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlaganligi sababli sertifikat bilan taqdirlandilar.

Bugungi kunda tinglovchilardan 886 nafari o'z tadbirkorlik faoliyatini boshlab yuborganlar hamda 2062 nafar tinglovchilar o'z faoliyatini boshlash arafasida turibdilar.

Hududlarda aholini (yoshlar va xotin-qizlar) tadbirkorlikka o'qitilgan tinglovchilar to'g'risida ma'lumot

Hudud

O’quv kurslarida qatnashganlar

Biznesni boshlaganlar soni

Ayollar soni

% hisobida

Yoshlar soni

% hisobida

“Ayollar daftari”

“Yoshlar daftari”

1

Qoraqalpog'iston Respublikasi

177

4,44

179

4,49

12

49

2

Xorazm viloyati

182

4,57

47

1,18

12

23

3

Buxoro viloyati

241

6,05

94

2,36

65

18

4

Navoiy viloyati

154

3,86

85

2,13

7

17

5

Surxondaryo viloyati

216

5,42

98

2,46

3

34

6

Qashqadaryo viloyati

130

3,26

36

0,90

31

9

7

Samarqand viloyati

226

5,67

145

3,64

21

41

8

Jizzax viloyati

100

2,51

173

4,34

2

13

9

Sirdaryo viloyati

208

5,22

29

0,65

23

26

10

Namangan viloyati

194

4,87

115

2,88

19

62

11

Farg'ona viloyati

265

6,65

136

3,41

37

36

12

Andijon viloyati

326

8,18

33

0,82

8

1

13

Toshkent viloyati

117

2,93

55

1,38

2

2

 

Jami

2536

63,63

1225

30,64

242

331