• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Handong Global universiteti prezidenti Dosoung Philip Choi boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

 

 

 

 

 

 

Joriy yilning 27-iyun sanasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktorining birinchi o‘rinbosari Bobur Abdinazarov Handong Global universiteti prezidenti Dosoung Philip Choi boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda, Ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi rahbari Borixon G‘anixodjayev, Korporativ boshqaruv nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori Dilmurod Suyunov hamda Handong Global universiteti directori Jinvon An, Sogan universiteti menejment maktabi professori Yon Sok Park, Handong Global universiteti tadqiqotchisi Seona Djoarlar ishtirok etdilar.

Tashrif doirasida Handong Global universiteti prezidenti Dosung Filipp Choyning “Zamonaviy yuqori texnologiyali ta’lim davrida yuqori yondashuv” mavzusidagi ma’ruzasi ham bo‘lib o‘tdi. Ma’ruza davomida oliy ta’limning istiqboldagi beshta yo‘nalishi atroflicha muhokama qilindi.

Batafsil: 
O'zbekcha
Более