• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

“DAVLAT FUQAROLIK XIZMATI TO‘G‘RISIDA”GI YANGI QONUN BO‘YICHA O‘QISH TASHKIL ETILDI

     Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan shu yilning 7-sentabrdan 28-oktabrgacha  O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati, tizim tashkilotlari va hududiy bosh boshqarmalari xodimlari uchun  haftaning seshanba va chorshanba kunlari zoom ilovasi orqali 2022-yil    28-mayda ma’qullangan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2022-yil 8-avgustda o‘zgartirish kiritilgan qonunning mazmun mohiyatini tushuntirish bo‘yicha  o‘quv kursi tashkil etildi.

     Kursdan ko‘zlangan asosiy maqsad: «Davlat fuqarolik xizmatini tashkil etish», «Davlat fuqarolik xizmatchisining huquq va majburiyatlari», «Javobgarligi hamda davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar», «Davlat fuqarolik xizmati sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish», «Odob-axloq qoidalari va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq yangiliklar», «Davlat fuqarolik xizmati sohasida davlat boshqaruvi», «Davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomi», «Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish, «Xalqaro hamkorlik», «Nizolarni hal etish va javobgarlik masalalari bo‘yicha vazirlik xodimlarining malakasini oshirish» va sohadagi so‘nggi yangiliklardan xabardor qilish.

     Mazkur o‘quv kursi Oliy Majlis huzuridagi  Qununchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori y.f.d, prof. Foziljon Otaxonov tomonidan olib borildi. Kurs so‘nggida tinglovchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.