• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi tinglovchilari Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo’yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida sud protsesslarida ishtirok etdilar

Joriy yilning 22-aprel kuni  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabi tinglovchilari Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo’yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudida  nikohdan ajratish, farzandlikka olish, voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish, bola bilan ko‘rishish tartibini belgilash hamda oila munosabatlari bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha sud protsesslarida ishtirok etdilar.

Shuningdek, qarz undirishga doir ishlar bo‘yicha o‘zlari uchun muhim huquqiy va kasbiy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar hamda nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashga muvaffaq bo‘ldilar.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi sudyasi Nuraliyeva Zulfiya tomonidan tinglovchilarga kerakli tavsiyalar berildi.