• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

ADJU UNIVERSITETI TOMONIDAN 80 DAN ORTIQ KITOBLAR SOVG’A QILINDI

Kitob hamisha ilm-ma’rifat, ma’naviyat ziyosi, tafakkurlar sarchashmasidir. Kitob ulashish, sovg’a qilish eng yaxshi qadriyatlardan biridir.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining axborot-resurs markazi yangi xorijiy nashrlar bilan to‘ldirildi.  Hamkorimiz, Koreya Respublikasining Adju universiteti tomonidan 80 dan ortiq kitoblar jamlanmasi kutubxona fondiga sovg'a qilindi.

Nashrlar ilmiy ahamiyatga ega bo‘lib, boshqaruv, makro va mikro iqtisodiyot, raqamli iqtisodiyot, IT, dasturlash, personalni boshqarish (HR), boshqaruv xisobi, moliyaviya boshqaruv, investisiya, korporativ boshqaruv, loyihaviy boshqaruv, Koreys tilida chop etilgan nashrlar va  boshqa sohalarda taniqli dunyo olimlarining izlanishlarini o‘z ichiga oladi.

Oliy maktab nomidan Koreya Respublikasining Adju universitetiga kutubxona fondiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz!