• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

Biznes va tadbirkorlik Oliy maktabida “Startap-loyihalarni boshqarish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

Joriy yilning 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Startap-loyihalarni boshqarish” dasturi doirasida startap-loyihalarni boshqarish bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.

Tadbirda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining Iqtisod fanlari nomzodi, Iqtisodiy va ijtimoiy fanlar fakulteti dekani o‘rinbosari Evgeniy Itsakov nutq so‘zladi.

Tadbir davomida startap loyihalarining mohiyati va xususiyatlarining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, startaplarning rivojlanish bosqichlari ko‘rib chiqildi. 

Mahorat darsida, ishtirokchilar startap muhitini rivojlantirish bilan bog‘liq dolzarb mavzularni muhokama qilishdi, shuningdek, o‘z tadbirkorlik faoliyatlarida muvaffaqiyatli qo‘llashi mumkin bo‘lgan muhim amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

Mahorat darsi qatnashchilar tomonidan yuqori baholanib, ular muhokamada faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi. Ishtirokchilar nafaqat nazariy bilimlarni, balki o‘zlarining startap loyihalariga zarur bo‘lgan amaliy bilimlarni ham olishdi.

Bunday tadbirlar bo‘lajak tadbirkorlar va innovatorlarning rivojlanishiga katta hissa qo‘shuvchi qulay ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.