• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASINING 27 YILLIGI

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-bu Vatanimiz mustaqilligining ramzlaridan. Bosh qomus inson huquq va erkinliklarini ta'minlash, jamiyatda tinchlik va totuvlikni ta'minlash, barcha sohalarda keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam poydevor sanaladi. Bugungi kunda mamlakatimizning Konstitutsiyasi qabul qilingan kunш milliy va umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Joriy yil 5-dekabr kuni, Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabida, magistratura tinglovchilari va xodimlar uchun har yili katta g'urur va iftixor bilan nishonlanadigan Konstitutsiya kuniga bag'ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbir O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi.

So'ng, tadbirni iqtisod fanlari doktori Suyunov Dilmurod Xolmurodovich ochib, mamlakatimiz bosh qomusining demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishdagi beqiyos o’rnini ta'kidlab, barcha ishtirokchilarni O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

Shuningdek, O'zbekiston Oliy Majlisi Senati a'zosi Iminov Odiljon Karimovich o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. U Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, xalqimizning ma'naviy hayotidagi o'rni va ahamiyati, mamlakatimizda huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo'lib o'tadigan saylovlarga oid ma’lumot taqdim qildi.

Tadbirning yakuniy qismida 1 va 2-kurs tinglovchilari o'rtasida huquqiy savodxonlik bo'yicha intellektual o'yin tashkil etildi. O'yinda 3 ta jamoa ishtirok etib, ular o'rtasida sharafli sovrinni qo'lga kiritish huquqi uchun jiddiy kurash ketdi. Yakunda, MBA-2 jamoasi g'alaba qozonib esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.