• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB LOGOTIPI DIZAYNI UCHUN TANLOV

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, zamonaviy, sifatli logotipni yaratish maqsadida professional grafika dizaynerlari va badiiy mahoratga ega bo'lgan ijodkorlar uchun tanlov e'lon qiladi.

Logotip mazmunan va tarkiban ta'lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar tizimining o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek, madaniy, estetik va halqaro standartlarga mos kelishi kerak.

Tanlov 2 bosqichda o'tkaziladi:

I. Bosqich–2020 yilning 10 oktyabridan 25 oktyabrgacha – arizalarni topshirish;

II. Bosqich – 2020 yilning 1 noyabridan 10 noyabrgacha – ishlarni baholash.

Materiallar info@rgsbm.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Tanlov g'olibi eng kam bazaviy xisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida mukofotlanadi.