• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Pearson kurslari

Pearson dunyoning etakchi ta'lim sohasida ishlovchi va 24000 xodimga ega kompaniya bo’lib, barcha yoshdagi insonlarga ta'lim berish orqali, o'z hayotlarida sezilarli o'sishga erishish uchun yordam berishga harakat qiladi.

Kompaniya, butun dunyoda e'tirof etiladigan akademik va professional malakalarning keng turlarini taklif etadi.

Kompaniyaning o'quv dasturlari o'qituvchilar, ish beruvchilar va davlat organlari bilam hamkorlikda ishlab chiqilgan va moslashuvchan ta'lim, bilim va ko'nikmalarni birlashtirish, shuningdek ularni amalda qo'llashni ta'minlaydi. Kompaniyaning o'quv dasturlari, tinglovchilarda ishga joylashish va oliy ta'lim dasturlari bo'yicha o'qitish uchun zarur bilim, ko'nikma va vakolatlarni shakllantirishga qaratilgan.

Pearson butun dunyoda e'tirof etiladigan Edexcel, BTEC va LCCI kabi nomlarga asoslangan, oliy ma'lumot bilan bir qatorda turuvchi ilmiy va professional malakalarni taklif etadi.

BTEC Pearson (Business and Technical Education Council) malakasi - 70 dan ortiq mamlakatlarda tan olingan bo’lib, har yili 1 milliondan ortiq qatnashchilar kasbiy malakalarini oshirishadi. O'qituvchilar, ish beruvchilar va hukumat vakillari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan BTEC, moslashuvchan ta'lim berish, bilim va ko'nikmalarni birlashtirish, shuningdek, o'quvchilarni oliy ta'lim yoki ish bilan ta'minlashga imkon beradigan haqiqiy senariylarga qo'llashni ta'minlaydi.

 

Oliy maktab va Pearson quyidagi yo'nalishlar bo`yicha malakalarni taklif etadi:

  • Buxgalteriya xisoboti va moliya
  • Inson resurslarini boshqarish (HR)
  • Savdo va marketing
  • Strategik boshqaruv va yetakchilik

Pearson BTEC malakasini olishning afzalliklari

BTEC sertifikati bo’yicha professional malaka va bilimga ega bo’lish, Sizning imkoniyatlaringizni ochadi va kar’yera qurishingizda muvaffaqiyat qozonish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni beradi. Sababi, BTEC butun dunyo bo’yicha ko'plab ish beruvchilar tomonidan kar’yerani malakali qurishda yordam beruvchi omil sifatida tan olingan dastur. Biz o’ylaymizki, BTEC siz orzu qilgan kar’yerani qurishda yordam berishi mumkinligiga ishonamiz. Ushbu ishni BTEC ga ishoning!

Hujjatlarni onlayn topshirish

Ilova qiling