Русский O'zbekcha English

Вакансии

Markaziy boshqarma va viloyatdagi hududiy filiallarga Ishga qabul qilish bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlariga Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi rasmiy sayti (www.rgsbm.uz) da tanlov e’lon qilib boriladi. Tanlov e’lon qilinganda xujjatlarni sayt orqali taqdim qilib tanlovda ishtirok etiladi, tanlovdan o‘tgan nomzod ishga qabul qilinadi.

Lavozimga mos asosiy talablar:

  • nomzod 25-55 yoshdan oshmagan bo‘lishi;
  • iqtisodiyot, moliya, gumanitar yo‘nalishlarda oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
  • iqtisodiyot, moliya, xalqaro tashkilotlar va bank va shunga yaqin yo‘nalishlarda hamda oliy o‘quv yurtlari yoki ilmiy-tadqiqot markazlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lish;
  • iqtisodiy nazariya va makroiqtisodiyot sohasidagi bilimlar, shuningdek iqtisodiy tahlil qilish ko‘nikmalari mavjudligi;
  • rus va o‘zbek tillarini mukammal bilish hamda o‘z fikrlarini bayon qilish, shuningdek rasmiy ish yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
  • ta’limni tashkil etishda zamonaviy tizimlardan foydalana olish (Moodle);
  • kompyuter savodxonligi bo‘yicha-Microsoft Word, Excel va Power Point dasturlarida professional darajada ishlay olish;
  • bank-moliya, shuningdek iqtisodiy sohadagi asosiy qonun hujjatlari va ushbu sohadagi me’yoriy hujjatlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish;
  • ishbilarmonlik muhiti va xalqaro reytinglarni yaxshilash va jahon hamjamiyati bilan iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish sohasidagi umumiy bilimlarga ega bo‘lish; professional darajani doimiy oshirib borishga intilish.