Основная цель и задача региональных филиалов Высшей школы бизнеса и предпринимательства - обучение населения бизнесу и предпринимательству во всех регионах, создание новых рабочих мест, сокращение бедности, увеличение количества предпринимателей. Эти меры, в свою очередь, приведут к экономическому росту в регионах, увеличению налоговых поступлений в местные бюджеты, а также к улучшению деловой и предпринимательской среды.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi “Hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish va hududlarda o‘quv jarayonlarini tashkil etish” bo‘limining 2024 yilning 9 oylik yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha
MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-son qarori, “Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 22 iyuldagi PQ-329-son qarori, “Yangi O‘zbekiston ma‘muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 avgustdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish, xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 22 iyundagi 388-son qaroriga o‘zgartirish va qoʼshimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 340-son qarori ijrosini ta‘minlash yuzasidan Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining hududiy filiallari tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ o‘rtasida tadbirkorlar va aholining qiziquvchi qatlamiga “E-auksion.uz” elektron savdo platformasining asosiy vazifalari hamda auktsionlarda ishtirok etish shartlari toʼgʼrisida bilim va ko‘nikmalarni berib borish maqsadida memorandum imzolandi. Mazkur memorandum doirasida buguni kunga qadar Hududiy filiallar tomonidan tashkil qilinayotgan barcha kurslarda “E-auksion.uz” elektron savdo platformasi xodimlari ishtiroki ta‘minlanib, aholiga qoʼshimcha bilimlar berilib kelinmoqda.
- Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrdagi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-306-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan oʼquv dasturini 38 soatga mo‘ljallangan o‘quv dasturi loyihasining video ma‘ruza matni, taqdimot, video ma‘ruza va tarkqatma materiallarni tayyorlab berish boʼyicha hisob-kitob ma‘lumotlari (kalkulyatsiya) va o‘zaro hamkorlik shartnoma loyihasi ishlab chiqildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 avgustdagi
340-son qarorida belgilangan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-son, “Xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022 yil 22 iyuldagi PQ-329-son qarorlari hamda “Yangi O‘zbekiston ma‘muriy islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022 yil 21 dekabrdagi PF-269-son Farmoni ijrosini ta‘minlash, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, ularning bandligini ta‘minlash va shu orqali ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, kasb-hunarga yo‘naltirish samaradorligini oshirish, ularni davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Oliy maktabning O‘quv-uslubiy bo‘limi bilan hamkorlikda 40 akademik soatga mo‘ljallangan “Marketing xizmatlari hamda tovar va xizmatlarni reklamasini tashkil etish” mavzusidagi o‘quv dasturi loyihasi ishlab chiqildi. - Oliy maktabning Biznesni boshqarish (MBA) kafedrasi bo‘limi bilan hamkorlikda 44 akademik soatga mo‘ljallangan “Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusidagi qisqa muddatli malaka oshirish kursining dastur loyihasi ishlab chiqildi.
- Bundan tashqari, Bosh vazirning 2024 yil 15 yanvardagi 03/1-123-sonli topshirig‘iga asosoan 15-16 may kunlari Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan 2 229 nafar hokim yordamchilarining malakasi oshirilib sertifikatlar taqdim etildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 avgustdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish, xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʼqitish tizimini takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʼqitish dasturlarini samarali amalga oshirish hamda ularning tadbirkorlik faoliyati uchun mikrokreditlar ajratish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” 2021 yil 22 iyundagi 388-son qaroriga oʼzgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 340-son qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida Xududiy filiallar tomomnidan “Marketing xizmatlari hamda tovar va xizmatlarni reklamasini tashkil etish” mavzusida qisqa muddatli o‘quv-seminar mashg‘ulotlarining 20-bosqichi yakunlandi. Hududiy filiallar tomonidan bugungi kunga qadar 9089 nafar aholining biznes va tadbirkorlikka qiziquvchi qatlami shundan 6921 nafar aholi kasbiy-talim.uz platformasi orqali o‘qitilib iqtisodiy bilimlari oshirildi. Shuningdek, hududiy filiallar tomonidan o‘qitilgan, 9089 nafar tinglovchilardan 2329 nafari ayollar daftarida, 847 nafari o‘zini-o‘zi band qilgan, 9 nafari yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan va 295 nafariga davlat tomonidan subsidiyalar ajratilgan.