• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

O'QITUVCHILAR UCHUN PEARSONNING NAVBATDAGI KURSI

Joriy yil 19-20 fevral kunlari Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o'rinlarda – Oliy maktab) binosida Pearson Group kompaniyasi bilan hamkorlik doirasida tashkil etilgan navbatdagi ikki kunlik intensiv kurs bo'lib o'tdi.

«O'qituvchilar malakasini oshirish dasturi» - O'zbekiston kasb-hunar kollejlari o'qituvchilari uchun Pearson Group kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, o’rta maxsus ta'lim muassasalarida o'qitish metodikasi asoslarini o'ragtishga qaratilgan maxsus intensiv kursdir.

Kurs ishtirokchilari - to'rtta poytaxt kolleji xamda Jizzax viloyati iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji o'qituvchilari.

Kurslarni sertifikatlangan va tajribali Pearson Group mutaxassislari - Pol Xedford va Salli Peakok ular o'quv jarayonlari, usullari, qatnashchilarning bilimini baholash bo'yicha interaktiv mashg'ulotlar tarzida o'tib berishdi.

Mashg'ulotning birinchi kunida, Pol Hedford kollej o'quvchilarini o'z vaqtida ro'yxatdan o'tkazish va ularni o'qitish tizimi jarayonlarini kuzatish imkonini beradigan Edexcel tizimining ishlash principini namoyish qildi. Ushbu tizim o’quvchilar tomonidan modullarni o’zlashtirish va amalga oshirilayotgan ta’lim jarayonlarini onlayn tarzda kuzatib boorish imkoniyatini beradi.

Ikkinchi kuni Sally Peacock Pearson tomonidan ishlab chiqilgan ta'lim dasturlari doirasida ta'lim sifatini ta'minlash bo'yicha mashg'ulotlar o'tkazdi.

Shuningdek, Pearson Group vakillari loyihada ishtirok etayotgan kasb-hunar kollejlarining o'quv jarayoni bilan yaqindan tanishish uchun bevosita tashrif buyurishdi.

Bundan tashqari, tadbir doirasida Oliy maktab direktori, iqtisod fanlari doktori Abduraupov Rustam Ramzovich, janob Mark Kouchman boshchiligidagi Pearson Group delegatsiyasi bilan uchrashuv o'tkazdi va unda yuqoridagi loyihani yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.