• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

«TA'LIM VA MUTAXASSISLIK 2020» XXII-XALQARO KO'RGAZMASI YAKUNIGA YETDI

2020 yil 25-26 fevral kunlari Yoshlar ijod saroyida «TA'LIM VA MUTAXASSISLIK 2020» XXII Xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

Bu O'zbekistondagi ta'lim va kadrlar xizmatlari bozoridagi eng yirik tadbirlardan biri bo'lib, yosh avlodning ta'lim muassasalari vakillari bilan muloqot qilish uchun qulay maydonchasiga aylandi

Mazkur tadbirda Biznes va boshqaruv respublika oliy maktab (keyingi o'rinlarda–Oliy maktab) vakillari ham ishtirok etdilar.

Ko'rgazma davomida Oliy maktab vakillari ta'lim yo'nalishlari va afzalliklari haqida so'zlab berishdi, shuningdek, o'qishga kirish va tayyorgarlik ko'rish bo'yicha tegishli tavsiyalar berdilar.

Milan Politexnika universiteti Oliy biznes maktabi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Global loyiha boshqaruvi» mutaxassisligi bo'yicha ikki diplomlik dasturi, masofaviy ta'lim olish imkoniyati, qisqa muddatli malaka oshirish kurslari, shu jumladan, xalqaro kurslar tashrif buyuruvchilarda alohida qiziqish uyg'otdi.

Ushbu ko'rgazmaga tashrif buyuruvchilarning ko'pligi O'zbekiston fuqarolarining sifatli ta'limga bo'lgan qiziqishlari yuqori ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Ko'rgazma yakunida Oliy maktab faol ishtiroki uchun maxsus sertifikati bilan taqdirlandi.