• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

YEVROPA MENEJMENT VA TEXNOLOGIYALAR MAKTABI BILAN HAMKORLIKDA TASHKILLASHTIRILGAN KURS YAKUNLANDI

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va Germaniyaning Yevropa menejment va texnologiyalar maktabi (EMTM-ESMT) bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Raqamli iqtisodiyot va korporativ boshqaruv” mavzusidagi maxsus o‘quv-amaliy dasturi davomida tinglovchilar Gemaniyaning yirik kompaniyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shular qatorida Volfsburg shahrida joylashgan Volkswagen avtomobil zavodiga tashrif buyurishdi va u yerdagi ishlab chiqarish jarayonlarini, jumladan, presslash, payvandlash va yig‘uv sexlari faoliyatini ko‘zdan kechirishdi.

Keyingi manzil Berlin shahridagi Deutsche Bankning shtab-kvartirasi bo‘ldi. U yerda tadbir ishtirokchilariga bank xodimlari tomonidan bugungi kunda tizimda yaratilgan shart-sharoitlar, raqamlashtirish jarayonlari, Fintech mahsulotlari, startaplar va innovatsion loyihalar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi, bank va moliya sektori, huquq va qonunchilik, qurilish va shaharsozlik, AKT sohasida 365farmnet, Bausparkasse Schwäbisch Hall AG Scope Ratings, CLAAS, McKinsey & Company, SumUp, DB Systel GmbH, GvW Graf von Westphalen ga tashriflar chog’ida, kompaniya vakillari bilan Biznes simulyatsiya va modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Dastur ishtirokchilarga rasmiy sertifikat topshirilish marosimi bilan yakunlandi.

Bu kabi o‘quv-amaliy kurslar yurtimizning turli sohalarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun, ijtimoiy-iqtisodiy omillarni kuchaytirishga xizmat qiluvchi katalizator vazifasini o‘taydi.