• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

YAPONIYANING JICA XALQARO HAMKORLIK AGENTLIGI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV

Joriy yilning 16 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o'rinlarda – Oliy maktab) direktor o’rinbosari - Ph.D. Bahrom Xolbayev Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O‘zbekistondagi vakolatxonasining loyihalarni shakllantirish bo‘yicha mutaxassisi Toki Norixiro va bosh loyiha koordinatori Sharifzoda Sharipov bilan uchrashdi. 

Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad - tomonlar o'rtasidagi o’zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo’shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, Oliy maktabga Yaponiyalik professor-o’qituvchilarni jalb qilish kabilardir. 

Tadbirning rasmiy qismidan so’ng mehmonlar Oliy maktabdagi dars jarayonlari, yaratilgan shart-sharoitlar va uning moddiy-texnika bazasini ko’zdan kechirishdi.

Uchrashuv yuqori saviyada bo'lib, ta'lim sohasidagi istiqbolli qo'shma loyihalarni amalga oshirishda alohida o’rin tutadi.

Ma’lumot uchun:

JICA - rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy oʻsishni ragʻbatlantirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligidir.