• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI O‘Z SAMARASINI KO‘RSATMOQDA

Joriy yilning 7-noyabr kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktori - A. Davletyarov, Oliy va O‘rta maxsus taʼlim vazirining o‘rinbosari - S. Buzrukxonov, Toshkent shahridagi Adju universiteti rektori - G. Muratov ishtirokidagi delegatsiya Koreya Respublikasining Adju universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif mobaynida Koreya Respublikasining Adju universiteti vitse-prezidenti - Keeсhoo Choi, Toshkent shahridagi Adju universiteti loyihasi rahbari Jeong Houn SON hamda xalqaro magistratura taʼlim dasturi rahbari - Byeong Yun Chang bilan uchrashuv o‘tkazildi.


Uchrashuvda, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab "ikki diplom" (dual degree) asosida "IT-Business" magistratura taʼlim shakli bo‘yicha qo‘shma taʼlim dasturini yo‘lga qo‘yish, ta’lim faoliyatini Koreya Respublikasining Adju universitetining o‘quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.


Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Toshkent shahridagi Adju universiteti faoliyatini izchil yo‘lga qo‘yish, hamkorlikni tizimli rivojlantirish va boshqa bir qancha istiqbolli masalalarni amalga oshirish muhokoma qilindi.


Shuningdek, O`zbekiston delegatsiyasi a’zolari Toshkent shahridagi Adju universiteti loyihasi menejeri janob Dong Hyun Kim hamrohligida Adju universiteti kampusida talabalarning sifatli taʼlim olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tqazishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. O‘quv auditoriyalar, kutubxona, arxitektura fakultetining dizayn studiyalari, robotexnika hamda o‘quv laboratoriyalar faoliyati o‘rganildi.
Tashrif davom etmoqda.