• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB VA INCEIF ISLOM MOLIYASI SOHASINI RIVOJLANTIRADI

Bugungi kunda Islomiy moliya sektori eng jadal o'sib borayotgan va talab qilinadigan moliyaviy tarmoqlardan biridir. Joriy yilning 28 fevral kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi (keyingi o' rinlarda– Oliy maktab) direktori, Iqtisod fanlari doktori, Abduraupov Rustam Ramzovich boshchiligidagi delegasiyaning Malayziyaga tashrifi doirasida Global Islom moliyasi instituti (INCEIF) rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv O'zbekiston Respublikasining Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi - Ravshan Usmonovning bevosita ishtirokida bo'lib o'tdi va ta'lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish va mustahkamlash bo'yicha navbatdagi qadam bo'ldi.

Uchrashuv davomida tomonlar Islom moliyasi sohasidagi hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari va mexanizmlarini muhokama qilishdi va o'zaro anglashuv memorandumini imzolashdi.

Memorandum Islomiy moliyaviy xizmatlar sohasida axborot almashish, tadqiqotlar o'tkazish, ishlanmalar, ta'lim va ta'limni rivojlantirishda Oliy maktab va INCEIFNING sa'y-harakatlarini kuchaytirishga qaratilgan. Jumladan, Islom bankchiligi va moliya sohasida raqamli transformatsiya sohasida ikki diplomlik qo’shma magistrlik dasturini ishlab chiqish, tegishli sohalarda, xususan, bank va moliya sohasida moliyaviy texnologiyalar bo'yicha rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va almashinuv dasturlari uchun qisqa muddatli kurslarni ishlab chiqish, O'zbekistonda raqamli Islom moliyasi bo'yicha qo'shma xalqaro konferensiya va boshqa tarmoq tadbirlarini tashkil etish bo’yicha haqida so'z yuritilmoqda.

Memorandum ikki tomon o’rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi, shuningdek, ikki mamlakat muassasalari o'rtasida ta'lim sohasida samarali hamkorlikning huquqiy asosini yaratadi.

Ma'lumot uchun:

INCEIF 2005 yilda Malayziya Markaziy banki qoshida tashkil etilgan bo'lib, Malayziyaning ichki va xalqaro moliyaviy hamjamiyati uchun, Islom moliyasi yo'nalishida ta'limni yanada rivojlantirishga qaratilgan tashabbusning bir qismidir. Ushbu ta'lim muassasasi xalqaro va nufuzli AACSB akkreditasiyasiga ega bo'lib, dunyodagi eng nufuzli biznes maktablarining 5 foizi qatoriga kiradi.

Bugungi kunda INCEIF dunyodagi yagona global universitet bo'lib, undagi ta'lim dasturlari asosan Islom moliyasini o'rganishga qaratilgan bo'lib, dunyoning 80ga yaqin mamlakatlaridan kelgan 1500 dan ortiq bitiruvchilariga ega.