• Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Русский O'zbekcha English

Yangiliklar

OLIY MAKTAB LOYIHA BOSHQARUVI BO'YICHA MILLIY ASESSORLARNI TAYYORLAYDI

2020-yil 18-19 yanvar kuni Loyiha boshqaruvi milliy agentligi binosida, Biznes va boshqaruv respublika Oliy maktabi (Oliy maktab) hamda O'zbekiston Loyiha boshqaruvi Assotsiatsiyasi (IPMA-Uzbekistan) tomonidan tashkil etilgan milliy assessorlar bilan intensiv trening o'tkazildi.

Ma'ruzachi sifatida Litva Respublikasidan tashrif buyurgan loyiha va dasturlarni boshqarish bo'yicha ekspert va murabbiy - janob Vitautas Pugachevskis (Vytautas Pugačevskis) qatnashdi.

O'zining taqdimotida IPMA sertifikati nima ekanligini, xalqaro PMI va IPMA standartlari bo'yicha loyihalarni boshqarish, IPMA sertifikatlash darajalari, loyiha boshqaruvi bo'yicha mutaxassisning malakasi va tajribasi haqida, shuningdek, mahalliy, mintaqaviy, milliy yoki xalqaro miqyosda muayyan vazifalar va echimlarni o'z ichiga olgan IPMA sertifikatining har bir darajasi haqida keng qamrovli bilimlari bilan o'rtoqlashdi.

Trening 2019-yil sentabr oyida Meksikada bo'lib o'tgan IPMA Butunjahon Kongressida davomida Xalqaro loyihalarni boshqarish assotsiatsiyasi (IPMA) rahbariyati bilan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida bo'lib o'tgan O'zbekistonda loyiha boshqaruvini xalqaro sertifikatlash bo'yicha birinchi tizimni yaratish va ishga tushirish jarayonining boshlanishini belgilaydi.

Ma’lumot uchun:

Vitautas Pugachevskis – sertifikatlangan loyiha direktori (IPMA-A), PMP, birinchi IPMA assessori (Litva), korporativ echimlar va loyihalarni boshqarish tizimlari bo'yicha maslahatchi (EPM), Litva standartlashtirish departamenti ISO / TC 258 guruhi rahbari. Loyiha boshqaruvi sohasida turli lavozimlarda deyarli 20 yillik tajribaga ega.